1. Kechasi oyna artgichlarni ko’tarib qo’ying va ular muzlab qolmasligi uchun eski paypoq kiydirib qo’ying. Oynangizga oyna tozalagichlar yopishib qolmasligini oldini olish uchun izg’irin havo va qor yog’ishi oldidan ko’tarib qo’yish lozim. Oyna tozalagichlarni ko’tarib qo’yganingizdan so’ng, oyna tozalagich rezinasida muz hosil bo’lmasligi uchun ularning ustiga eski paypoqni kiydirib qo’yishingiz mumkin. Ushbu hak, albatta, sizga naf beradi.

  1. Avtomobil qulfi muzlab qoldimi? Muzni eritib olish uchun qo’l tozalash vositasidan foydalaning. Harorat yetarlicha pasayganda, avtomobil qulflari muzlab qolishi mumkin. Qo’l tozalash uchun sanitariya vositasini kalitlarga biroz surtib qo’ysangiz, g’azabni qo’yg’atadigan bu kabi vaziyatlardan qutulasiz. Sanitariya vositasi tarkibidagi alkogol tezda qulflar ichidagi muzni eritib yuboradi. Shuningdek, qulfni muzdan tozalash uchun biroz WD-40 spreyini ham sepishingiz mumkin. Sprey qulf ichida muz hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

  1. Mashina kalitini qizdirish uchun “yondirgich”dan foydalaning va qizigan kalitni qulfga kiriting. Mashinangiz qulfi muzlab qolganda uni “yondirgich”orqali qiziting. Kalit qizigach, uni mashina qulfiga tiqsangiz, muzlab qolgan qulfni ochishga yordam berishi mumkin.

  1. Mashinangizni oynalari sovuqda muzlab oqarib qolishini oldini olish uchun namni yaxshi tortadigan vositalardan (salfetka, tuz yoki shunga o’xshash) foydalanishingiz mumkin. Tumanli oynalardan qutulishni istasangiz, namlikni o’ziga tortib oladigan vositalarni mashina ichiga joylashtiring. Bu kabi vositalar tumanli muzlashni keltirib chiqaradigan namlikni shimib oladi.

  1. Mashinangiz oynalarida hosil bo’lgan muzni eritish uchun hech qachon issiq suvdan foydalanmang. Agar siz avtomobilingiz oynasini darz ketishini xohlamasangiz, oyna hosil bo’lgan qirovni issiq suv bilan ketkazish fikridan qaytganingiz ma’qul.

  1. Oynangizda to’plangan qirov va qordan qutulish uchun bank kartasidan foydalaning va bir zumda bu muammoni hal eting. Yuqori sifatli qor tozalagichlarga mablag ‘sarflash har doim yaxshi. Ammo, ba’zi bir oddiy narsalar oyna tozalagich sifatida xizmat qilishi mumkin: misol uchun ishga yaroqsiz bo’lib qolgan kredit kartasi yoki plastik spatula (metall shpatelni ishlatmang, bu sizning old oynangizga zarar yetkazadi).

  1. Mashinangiz chiroqlari yorqinligini oshirish uchun ularni tish pastasi bilan tozalang. Ob-havo yomon bo’lganda, chiroqlar yanada muhimroq. Arzon va qulay usulda faralaringizni yanada yorqinlashtiring.